RAYHON MILLIONER, BOSHQALARCHI???

 

Bugun biz kopchilikning koz ongidan chetda qolayotgan mavzu ozbek estradasining yulduzlarining rasmiy saytlarini tahlil qilib, ulardagi kamchiliklari, yutuqlari,yaxshi va yomon jihatlarini obdon tahlil etib chiqaman. Sozim boshida shuni aytib otishni joyiz topdim, xosh nima uchun maqola yulduzlarning shaxsiy va rasmiy saytlari haqida bola turib maqolaning sarlavhasi bunaqa deb oylashingiz tabiiy. Oylaymanki maqolani oqib chiqqandan song, bu savolga ozingiz javob topasiz!

1- o'rin www.Rayhon.uz

 

Ozbek shou-biznesining bugungi kundagi yorqin yulduzimiz Rayhon oz ijodi, imidji va shaxsiy hayoti bilan namuna bola olishi haqida aytib otgan edim. Bilasizmi Rayhon internet olamida ham oz rasmiy sayti bilan barcha ozbek shou biznesi yulduzlariga namuna bola olar ekan. Boshqacha aytganda u ozbek shou-biznesi yulduzlariga internet olamida qanday sayt ochish kerak ekanligini korsatib qoydi.

Sayt oz arxiviga ega, yangiliklar muntazam ravishta yangilanib boradi va oz ichiga foto, video va musiqiy namunalarni ham kiritib boradi.Uning ijodiy faoliyatini internet kuzatuvchilariga rus va ozbek tilida tolaqonli yetkazib beradi. Ushbu saytda Rayhon haqidagi yangiliklarga qoshimcha ravishta, uning barcha yillardagi musiqiy albomlari, otkazilgan barcha fotosessiyalar va kinolarga kuylagan saundtreklari, Rayhon qatnashgan turli xil tadbirlar va kino festilavallarda tushgan suratlari, u bilan aloqa, on-line muloqotlar,uning tarjimai holi, kliplari DVD va mp4, avi formatlarida va yana qoshimcha qulayliklar bilan uygunlashgan. Rayhonning rasmiy saytida juda ham koplab malumotlarni cheklanmagan holda kunning istalgan lahzasida bahramant bolishingiz mumkun. Shuningdek sayt orqali Rayhonning turli xil tabriklari, intervyulari va fikrlarini ham izlab topishingiz mumkun.

Qolaversa www.Rayhon.uz da uning Odnaklassniki,Twitter,Facebook,Moy Mir,Myspace kabi turli xil ichtimoiy tarmoqlarga yonalgan linklariga guvoh bolishimiz mumkun.

Shuni ham alohida aytishimiz mumkunki, saytda mobil telefonlar uchun temalar, kompyuter ish stoli uchun turli xil hajmdagi oboilar ham mavjud. Eng asosiysi bu malumotlar va foto,video,audio mahsulotlar va yangiliklar bilan uzluksiz ravishta boyishi royxatimizda WwW.RAYHON.Uz ga birinchi pogonani bermoqda. Shuni ham qoshimcha qilishim kerakki saytda Rayhonning kliplarining suratga olish jarayonlaridan foto va video mahsulotlar ham joylanadi. Kliplarining premyeralari ham WwW.RAYHON.Uz saytida da bolib otadi.Uning rasmiy saytida Rayhonning Wikipediyaga yonalgan linki va FanClubi ga yonalgan link ham mavjud, qolaversa forum va chat ham muhlislar ixtiyorida.

Endi esa sarlavhamizga izoh bersak, shu kunga qadar www.Rayhon.uz ga 27 yanvar kundagi holatga kora umumiy 3 942 298 nafar inson kirgan bolib, har kuni ortacha kuzatiluvchi xost yani kunlik oquvchilar soni 1500 nafardan ziyodroq korsatkichni tashkil etmoqda. Bu bilan Rayhon muhlislari tufayli Million oquvchiga ega rasmiy sayti mavjud bolib, shu sayt faqat va faqat unga bagishlanganligi etiborga loyiq. Qolaversa bu ham saytga xalqimiz tomonidan berilayotgan etiborning yorqin dalili bola oladi desam adashmayman.

2-orin www.Ummon.tv

Zohid, Jasur va Shoxruxdan tashkil topgan Ummon guruhining rasmiy saytiga ushbu reytingda ikkinchi orinni berdim. Ularning rasmiy saytlari bugungi kunda katta tezlikda oz qamroviga Ummon guruhiga oid yangiliklar oqimini qabul qilmoqda. Music bloki ham ularning koplab qoshiqlaridan tuzilgan galereya bilan ajralib turibdi. Biografiya bloki ham namunali, ammo saytning salbiy taraflari bir muncha achinarli fanclub bloki hali ishga tushmagan. Shuningdek klib va video juda ham kech saytga qoyilmoqda, qoyilgandan song ham ssilkalarda turli xil xatolar kozga korinmoqda. Galeriya blokidagi guruhining suratlari ham sayt hajmiga qaraganda juda oz, saytga oxirgi malumot bundan bir necha kun oldin kiritilgan, ammo oquvchilar soning yuqoriligi va audio blokidan kochirib olinayotgan musiqalar soni tufayli www.ummon.tv bugungi royxatning 2-orinidan joy oldi.

(Hozirda sayt Ummon.uz bo'lib ,o'z faoliyatini davom ettirmoqda)

3-orin www.Shahzoda.uz

Ozbek estradasida Shahzoda nomi ostida ijoq qiluvchi Zilola Musayevaning shahsiy sayti ham yetuk wep masterlar tomonidan yolga qoyilgan, sayt dizayni ancha ilgor, ammo saytda malumotlar ketma ketligi oldingidek faol emas, songgi yangilik saytga 29 oktabr 2012 yili kiritilgan bolib, Shahzoda haqidagi yangiliklarning davomiyligi tohtab qolgan. Shahzodaning bir qator mamlakatlardagi konsertlarini tolaqonli yoritib bera olmagan, shuningdek saytda umumiy tezlik juda past, shuni ham aytishim mumkunki bazi bloklarga mutlaqo qaramay qoyilgan.Shahzodaning fanclublariga yonalgan ssikalarning biri xozirda mavjud emas, ammo audio va video bloklari u darajada yomon emas. www.Shahzoda.uz bugungi royxatda uchinchi orinda turibdi, bunga eng asosiy sabab bu saytning yangiliklarning sust qoshilishidadur. Shunisi etiborliki Shahzodaning rasmiy saytiga tashruf buyuruvchilarning umumiy soni 4 543 557 nafarni kunlik xost esa 700 nafar atrofidagi oquvchilarni tashkil etadi, ammo sayt yana oldingidek faollikga erishmasa, yaqin orada kunlik xost pastga qarab ketishi aniq.

Shuni aytib otmoqchimizki (4 462 024) bu korsatgich faqatgina www.Shahzoda.uz niki emas balki www.shahzoda.uz , www.shahzoda.ru va www.shahzoda.com saytlarining umumiy korsatgichidur, yani bu hisoblagich bir emas uchta sayt oquvchilarini sanamoqda.

4-o'rin www.Rahmatullaev.com

Ozbek shou-biznesining yorqin namoyondalaridan biri Ulugbek Rahmatullaevning rasmiy saytida ham kozga korinarli natijalar yoq emas. Rahmatullaevning rasmiy saytida nafaqat ozbek balki rus, ingliz tillaridagi malumotlardan ham xabardor bolishingiz mumkin bolib, saytda audio, video va fotogalereya kabi zarur bloklar mavjud. Rahmatullaevning rasmiy saytidagi umumiy oquvchilar soni bugunga kelib 22 434 nafar oquvchini tashkil etmoqda.

5-orin www.Ozodbek.uz

Ozbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning rasmiy saytiga royxatimda 5-orin nasib etdi. Ozodbek Nazarbekovning rasmiy sayti Nazarbekov haqidagi malumotlar va yangiliklar ketma ketligi imkon darajasida yaxshi tezlik bilan yangilanib boradi, ammo bazi vaqtlarda saytda boladigan tanaffuslar Ozodbek Nazarbekovning muhlislarning ehtiyojini tola qonli qondira olmasligiga sabab boladi. Qolaversa audio bolimidagi qoshiqlarning sifati video mahsulotlarning yaxshi darajada ekanligi www.ozodbek.uz ni royxat 5-pogonaga chiqishini taminladi. Ammo kamchiliklar ham bisiyor, saytning rus va ingliz tillaridagi versiyasida va There is no news in Data Base kabi sozlardan bolak xech narsa yoq. Yana bir jihat etiborliki, Ozodbekning rasmiy saytidagi sorovnomada jami 29 803 nafar muhlis qatnashgan.Yana bir malumot Ozbekiston xalq artistining rasmiy saytiga bugunga qadar 441 128 nafar oquvchi kirgan.

6-orin www.Kaniza.uz

Kaniza tahallusi ostida ijod qiluvchi ozbek estradasida orta meyona obro etiborga erishgan Kanizaning rasmiy sayti u darajada yomon emasligi insonni ozmi kopmi hayratga solib qoyadi.

Kaniza bir oq bilan ikki quyonni urgan desak adashmaymiz. www.kaniza.uz deb saytga kirishingiz bilanoq Kanizaning surati yoki ikki sayt linki namoyon boladi www.kaniza.uz va Salon.Kaniza.uz . Kaniza.uzga kirganingizdan song esa asosan Kanizaning ijodiga doir bir qator malumotlardan xabar bolishingiz mumkin.

Har bir blokga alohida tohtalib otirmagan holatda bloklarni umumiy sanab beraman.Bosh Sahifa, Biografiya, Qoshiqlar, Kliplar va Fanclub,sayt tuzulishi juda sodda va oddiy u darajada murakabliklar bolmagan holda ozingiz uchun kerakli malumotlarni deyarli qidirmasdan topa olasiz. Saytga songgi malumot 8-Sentabr kuni kiritilgan bolib, saytning umumiy oquvchilari soni 10 566 tani tashkil etadi.

7-orin www.Benom.uz

Sarvar va Komil dan tuzilgan ushbu guruh Benom nomini ozgartirgan bolsalarda sayt hali ham Benom nomi bilan qolmoqda. Saytga alohida tohtalib otirishga hojat yoq nazarimizda, 4-pogonadan keyingi barcha yulduzlarning saytlari kabi www.benom.uz da ham ananaviy va eskicha dizayn. Saytga songgi bor 25 yanvar sanasida malumot kiritilgan. Ammo bu kabi mashhur guruhning rasmiy saytida xech qanday ozgachalik mavjud emas, ushbu saytda faqatgina kozga korinarli video hamda audio bloklari mavjud. Shuni ham aytish kerakki, sayt faqat bir til yani ozbek tilida yuritiladi. Saytning rus tilidagi versiyasiga kirsangiz ham ozbek tilidagi versiyasiga otasiz.

8-orin www.Xurshid.uz

Xurshid Ishanxodjaevning rasmiy sayti bolmish www.Xurshid.uz da yangiliklar blokini ozi yoq. Saytga kirishingiz bilan audio blokiga otasiz, hammasi boshqa yulduzlarniki kabi bolgan ushbu saytda faqat bir narsa etiborimizni tortdi. Qo'shiqlar matni bloki bu blokni hammada ham kuzatavermaysiz.Saytga ham ortiqcha tohtalib otirmagan holatda sayt kelajagi uchun muvoffaqiyatlar tilab qolamiz. (Hozirgi kunda sayt ish ishlamayapti)


Keyingi pogonalar:

Aslida xech bolmaganda 10-15 ta Ozbek shou-biznes yulduzlarinig rasmiy saytiga tohtalishni maqsad qilganman. 8-orindan keyingi xonandalarning rasmiy saytlariga etirof berib, ularning muhlislarini nima bilan xursand qilishga hayron bolib qoldi.

Bilasizmi, boshqa xonandalarning rasmiy saytlarida audio va video bloklaridan boshqa narsa yoq ekan. Balbi bilmagan saytlarim ham bordir!

Endi esa bir qancha saytlarga umumiy tohtalib otsam!

Ilhom Farmonovning rasmiy saytida songgi bor yangiliklar 2011 yilning 28 sentabr, 2011 yilning 14 dekabr, 2012 yilning 20 sentabr kunlari kiritilgan ekan. Shu saytning ham oquvchulari soni 21 715 nafardan oshib ketadi, ajablanarli holat.

Yana bir holat, Hosila Rahimovaning rasmiy sayti www.Hosila.uz da yangiliklar otgan yilning 6-7 Mart kunlari kiritilgan. (Ammo hozirda bu sayt ham ochilmayapti)

 

Keyin www.komilov.uz sayti aslida Ravshan va Farrux Komilovning rasmiy saytlariga yonalgan linkdan iborat bolsada Xozirda Farrux Komilovning sayti ishlamayabdi Ravshan Komilovning sayti esa nomigagina turibdi halos.

Yana bir sayt Oybek va Nigora juftligidan tashkil topgan. Oybek va Nigoraning rasmiy sayti www.oybeknigora.uz ajoyib startdan song oz finishiga yetib kelibdi 20 fevral kuni songgi bor yangilik qoshilgan, ushbu saytga Oybek va Nigoraning ozlari ham kirisharmikin degan savol insonni tajublantiradi. Shunisi qiziqki 14 aprel kuni www.oybeknigora.uz da tanlov elon qilingan bolib, tanlov natijalari esa nasiyaligicha qolmoqda. Agar shu ketish bolsa tanlov goliblarini yaqin ikki uch yil siz bila olmasak kerak.Shou-Biznesimiz yulduzlarining rasmiy saytlari orasida TOP-3 talikga davo qiluvchi www.Manzura.Uz uzoq muddatdan beri ishlamayotgani ham achinarli, ushbu saytda deyarli har kuni ma'lumotlar yengilanar va Manzura haqidagi yangiliklarni tabir joiz bolsa, Manzuradan ilgariroq bilish imkonini beruvchi ushbu sayt uzoq muddatdan beri yopiq.

Yana bir qiziq holat Xonanda Dineyra aslida ozbek qoshiqchisi bolishiga qaramay Dineyraning rasmiy sayti www.dineyra.uz RUS tilida yuritilishi ham juda qiziq tuyildi.

Sizlar uchun ozbek shou-biznesi Yulduzlarining rasmiy saytlari haqidagi barcha kerakli va qiziqarli ma'lumotlarni yetkazib bera oldim deb o'ylayman!

Yana shuni ham istar edimki, bugungi kundagi yulduzlarimiz oz internet saytlariga shunchaki e'tiborsizlik bilan qaramasdan, xoja korsin uchun muhlislarini va ozlarini aldagan holatda nomigagina rasmiy saytlar ochib qoymasda, ularni yurgazish,rivojlantirish borasida ham oz bolsada qayg urushsa RAYHON yoki Ummon kabi sana'tkorlardan ornak olishsa juda yaxshi bolar edi.

Xozirgi davrda san'atkorlar albatta Internet olamida ham biroz rivojlanishlari zarur deb hisoblayman, bu davr talabi!

Buni chetdan u bu kim kelib qilib bermaydi, bu uchun yulduzlarning ozlari ham oz bolsada qimirlab qoyishlari zarur. Kopchilik yulduz va yulduzchalar ozlarini oqlash uchun vaqtimiz ziq, bizni Internetga otirib olib saytimizga yangilik audio, video qoshishdanda muhimroq ishlarimiz bor deb, ozlarini oqlashga urunishlari tabiiy. Ammo bu bahonalar bilan biron narsaga erishib bolmaydi. Harakatda barakat! Eslatib o'taman ko'rsatkichlar yanvar oyidan boshlab hisoblangan!

 

BEK UZBEKISTAN

(USHBU MAQOLA SAYTIMIZGA YUBORILGANIGA ANCHA BO'LGAN, AMMO HECHDAN KO'R KECH YAXSHI DEGAN IBORAGA TAYANDIK!)

 




Rambler's Top100
:
admin@rayhon.uz
© by www.Rayhon.UZ 2008-2010
: info@rayhon.uz
Design by «K.A.I.»